Oliy harbiy ta'lim muassasalari

2017-01-10 10:17:09

Oliy harbiy ta'lim muassasalari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OFITsER KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINING AYRIM JIHATLARI TO‘G‘RISIDA

Mustaqillik yillarida barcha bo‘g‘indagi komandirlarning yuqori professional qobiliyati va malakasini ta’minlash, ularning intellektual saviyasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli Kuchlarimiz tarkibini sifat jihatidan butunday o‘zgartirish va ularni bugungi kun talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan komandirlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.

Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 

Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlikbilim

Bugungi kunda mazkur oliy harbiy ta’lim muassasalarida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanmoqda: yurti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti mamlakatda milliy ofitserlar tayyorlash tizimini yuqori pog‘onaga ko‘tardi.


Kurolli Kuchlar Akademiyasi Umumkumondonlak fakulteti:

motoo‘qchi va chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
qo‘shinlar razvedkasi taktik qo‘mondonligi;
 O‘qish muddati 4 yil. Bilim yurtining manzili: 100023, Toshkent shahri, Parkent ko‘chasi, 2.




Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida:
tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
teppopizmga qapshi kupashish bo‘linmalapi taktik qo‘mondonligi;
maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi;
zenit raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
zirxli tank qurollari va texnikalari taktik muhandisligi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi.
O‘qish muddati 4-5 yil. Bilim yurtining manzili: 111715, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 15.




Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida:
avtomobil bo‘linmalari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
artilleriya taktik qo‘mondonligi;
muhandislik qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
kimyoviy qo‘shinlar taktik qo‘mondonligi;
raketa-artilleriya qurollari va o‘q-dorilari taktik muhandisligi;
front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi (oziq-ovqat ta’minoti, kiyim-kechak ta’minoti, yoqilg‘i-moylash ta’minoti) kabi mutaxassislarni tayyorlaydi.
O‘qish muddati 4 yil. Bilim yurtining manzili: 103056, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 56



Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida:
vertolyot aviatsiyasi taktik qo‘mondonligi(uchuvchilar);
aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya jihozlarini ishlatish);
aviatsiya taktik muhandisligi (uchish apparati dvigatellarini ishlatish);
aviatsiya taktik muhandisligi (radioelektron jihozlarini ishlatish);
aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya qurollarini ishlatish) kabi mutaxassislarni tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil. Bilim yurtining manzili: 108000, Jizzax shahri, Hamroqul Nosirov ko‘chasi, 3.



Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida:
telekommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
radiokommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondon-muhandisligi;
radiotexnik qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
zenit-raketa qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
kriptografik himoya va maxfiy rejim taktik qo‘mondon-muhandisligi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil. Maxsus fakultet manzili: 100190, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Mirzaahmedov ko‘chasi, 9.



Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetida:
Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 5 kursini bitirgan talabalar qabul qilinadi va harbiy vrachlar tayyorlanadi.
O‘qish muddati 2 yil. Fakultet manzili: 100000, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 4.



HARBIY MA’LUMOT VA FUQAROLIK MUTAXASSISLIGI

Bilim yurti bitiruvchilari quyidagilarga ega bo‘lishi mumkin:

– oliy harbiy ma’lumot;

– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom;

– davlat ta’lim standartiga mos fuqarolik mutaxassisligi.


KIMLAR KURSANT BO‘LIShLARI MUMKIN?

Bilim yurtlariga o‘qishga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari qabul qilinadilar: o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar.

QANDAYHUJJATLAR ZARUR?

Bilim yurtiga o‘qishga kirish istagini bildirgan shaxslar o‘qishga kirish yilining 1 apreligacha yashash joyidagi tuman yoki shahar mudofaa ishlari bo‘limiga (muddatli va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar 1 apreligacha qism komandirlarining nomiga bildirgi) ariza beradilar. Arizada (bildirgida) familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va oyi, turar joyining manzilgohi, harbiy bilim yurtining nomlanishi ko‘rsatiladi.

Arizaga tarjimai holi, ish joyi yoki o‘qish joyidan tavsifnoma, o‘rta ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi, uchta fotosurat (bosh kiyimsiz, 4,5x6 sm o‘lchovda) ilova qilinadi.

Pasport, harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma, o‘rta ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi nomzod tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga ko‘rsatiladi.

HARBIY XIZMATGA LOYIQLIGI

Tibbiy ko‘rik, kasbiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tanlov Mudofaa vazirligining qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Jismoniy qobiliyatlarning bahosi quyidagi 

parametrlar bo‘yicha aniqlanadi:

– kuch (turnikda tortilish, 8-12 marta);

– chidamlilik (kross–3000 m, 12.40-14.00 min.);

– tezlik (yugurish–100 m, 14.00-15.00 sek.).


DAVLAT TEST SINOVLARIGA TAYYoRLANISh

Bilim yurtiga o‘qishga kiruvchilar tibbiy ko‘rik, kasbiy-ruhiy va jismoniy tanlovlardan o‘tganlaridan so‘ng 10 iyul kuni quyidagi fanlar bo‘yicha Davlat test sinovini topshiradilar:

– matematika;


– fizika;

– ona-tili va adabiyot.

O‘qishga kirishdagi qo‘shimcha imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi
PQ-2867-sonli Qaroriga asosan Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida test sinovlari natijasiga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar qo‘shib berish imtiyozi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 apreldagi 170-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi to‘g‘risidagi” qaroriga asosan 5 yil davomida serjantlar tarkibi lavozimlarida benuqson xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga test sinovlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyoz beriladi hamda “Eng ilg‘or serjant” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlov (konkurs)dan tashqari qabul qilinadilar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli Qaroriga muvofiq, tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilangan tanlovdan (yakuniy tibbiy tekshiruv, ruhiy tanlov, jismoniy tayyorgarlik sinov va hakozalar) o‘tgan Xalqaro va Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga mutaxassislik yo‘nalishining asosiy faniga muvofiqligi bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan o‘qishga test sinovlarisiz qabul qilinadilar.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 fevralidagi 21-sonli qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi harbiy-akademik litseylarning bitiruvchilariga ular to‘plagan ballar soniga qo‘shimcha eng ko‘p yig‘ish mumkin bo‘lgan ballning 10 foizi miqdorini qo‘shish yo‘li bilan imtiyozli qabul 

shartlari beriladi.

muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan oliy harbiy ta’lim muassasalariga xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari tibbiy tekshiruv natijalariga hamda tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyanomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan Oliy harbiy ta’lim muassasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadi.2012 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 277-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy harbiy ta’lim

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit