Imtihonsiz nostrifikatsiya oliygohlari

2018-06-12 16:41:32

Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan

xorijiy oliygohlar ro‘yxati

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.

Uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yilgan bshlib, bular:

1) QS - Quacquarelli Symonds;

2) ARWU - The Academic Ranking of World Universities;

3) THE - Times Higher Education.

Uchta xalqaro tashkilot reytingining dastlabki 500 talik ro‘yxatidan bir-biridan farqli ta’lim muassasalari joy olganligi sababli, O‘zbekistonda 500 ta emas, 712 ta xorijiy OTMlarning diplomlari maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit