Muhim sanalar

2017-01-09 14:47:53

Muhim sanalar 




1991 yil 6 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi.


1992 yil 14 yanvar
Respublika Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida» tarixiy qarori qabul qilindi. Bunga ko‘ra, mamlakatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi.


.1992 yil 3 iyul
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida «Mudofaa to‘g‘risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida», «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilindi, Harbiy qasamyodning yangi matni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari vazirligini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirish to‘g‘risidagi Farmoni tasdiqlandi.


1993 yil 15 yanvar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan Qurolli Kuchlar rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligi rahbariyati xodimlari tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda harbiy qurilish, O‘zbekistonning harbiy siyosati, shuningdek Qurolli Kuchlarni qayta qurish va isloh etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.


1993 yil 22 noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrog‘i to‘g‘risida» gi Farmoni bilan Qurolli Kuchlar Jangovar bayrog‘ining yagona namunasi belgilandi va Jangovar bayroq to‘g‘risidagi qoida tasdiqlandi


1993 yil 29 dekabr
O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilandi.


1994 yil 18 mart
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti tashkil etildi.


1994 yil 15 iyul
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori e’lon qilindi.


1994 yil 3 oktyabr
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muddatli harbiy xizmatchilariga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida» gi qarori e’lon qilindi.


1995 yil 11 yanvar
O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningFarmoniga muvofiq Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 3 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


1995 yil avgust
O‘zbekiston harbiylari ilk bor «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturi doirasida xalqaro mashqlarda ishtirok etishdi.


1995 yil 30 avgust
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining birinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Doktrinasi qabul qilindi.


1995 yil 2 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lgan Qurolli Kuchlar akademiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.


1996 yil 9 oktyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizon va qorovullik xizmati nizomi tasdiqlandi.


1996 yil 14 oktyabr
Mudofaa vazirining buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi amalga kiritildi.


1997 yil may
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, respublika «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va bir qator davlat, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ilk bor tashkil etilgan «Shunqorlar» harbiy-sport o‘yinlarining final bosqichi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tdi.


1997 yil iyul
Toshkent, Chirchiq va Samarqanddagi oliy harbiy bilim yurtlaridan ilk bor Qurolli Kuchlarimizga to‘pchi, zenitchi, desantchi, ta’minot xizmati kabi mutaxasisliklar bo‘yicha ofitserlar dastlabki xarbiy unvonga ega bo‘ldi.


1997 yil 26 iyul
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining birinchi bitiruvi bo‘lib o‘tdi.


1997 yil 29 avgust
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi


1997 yil 14 oktyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining ilk bitiruv tantasi bo‘lib o‘tdi.


1998 yil 23 fevral
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlarida intizomni mustahkamlash chora-tadbirlariga doir farmoniga imzo chekdi.


 1998 yil iyun
O‘zbekistonlik harbiylar «Kooperativ osprey -98» xalqaro tinchlikni saqlash mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi


 1998 yil 8 iyul
Shohimardonda suv toshqinidan aziyat chekkan qishloq ahliga harbiy xizmatchilar yordamga yetib kelishdi.


 1999 yil 3 mart
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokuraturasini tashkil qilish to‘g‘risida» gi Farmonga imzo chekdi.


 1999 yil 20 avgust
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilindi.


 1999 yil 23 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston RespublikasiHarbiy sudini tashkil qilish to‘g‘risida» gi Farmonga imzo chekdi. 


 1999 yil noyabr
Toshkent viloyati Yangiobod tumanida paydo bo‘lgan bir guruh qurollangan terrorchilarni harbiy xizmatchilarimiz bartaraf etishib, jangovar topshiriqni a’lo darajada bajarishdi.


 2000 yil 3 fevral
Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi muhokama qilindi va ma’qullandi.


2000 yil 26 may
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilindi.


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit