Harbiy akademik litseylar

2017-04-28 20:15:51

Harbiy akademik litseylar 

Harbiay akademik litseylar (HAL) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 22 maydagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etish


chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-641-sonli qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlir Mahkamasining 2010 yil 17 fevraldagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tashkil topgan.

Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (HAL) ga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasining 2008 yil 23 iyundagi 6-son majlis bayoni bilan kiritilgan ”Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini harbiy akademik litseylarga qabul qilish TARTIBI” ga asosan o‘tkaziladi.

Umumta’lim maktablarini joriy yilda bitirgan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan, tibbiy ko‘rik natijasida sog‘ligi jihatidan HALda o‘qishga yarokli deb topilgan bitiruvchilar test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik natijalariga ko‘ra tanlov asosida HALga o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovlarini Vazirlar Mahkamasidagi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan vaqtda olib boriladi.

HAL da o‘qish muddati – 3 yil.

Har bir litseyga 1 kursga o‘quvchilar soni 150 kishi qabul qilinadi.

Harbiy akademik litsey o‘quvchilarining umumiy soni 450 kishini tashkil kiladi.Yotoqxonalar ham 450 kishiga mo‘ljallangan.


Diplom kvalifikatsiyasi – kichik mutaxassis. HAL bitiruvchilari oliy harbiy o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish huquqiga ega.

HALda o‘qiydigan o‘quvchilar tekin kiyim-kechak, oziq-ovqat, yashash uchun turar joylar bilan ta’minlanadi.

Harbiy akademik litsey bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy bilim yurtlariga, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademiya va oliy texnik bilim yurtiga, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtiyoz tarikasida maksimal to‘planadigan ballning 10% miqdorida qo‘shib beriladi.

Harbiy akademik litseylar manzillari:

Harbiy telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyi – Toshkent sh., Yangi-Zamon ko‘chasi ,10 A uy;

Harbiy qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseyi – Samarqand sh, Kimyogarlar, Irteshar ko‘chasi GES, 5 uy ;

Harbiy yuridik yo‘nalishidagi Urganch akademik litseyi – Urganch sh, Farg‘ona ko‘chasi, 1 A uy;

Harbiy texnika yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi – Farg‘ona sh, Guliston ko‘chasi, 7 uy. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit