Safarbarlik chaќiruvi rezervidagi harbiy xizmat

2017-04-26 16:00:10

Safarbarlik chaќiruvi rezervidagi harbiy xizmat

 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish


Muddatli xarbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar yigirma yetti yoshgacha safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatida bo‘ladilar va uni o‘tagandan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga o‘tkaziladilar;

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat - muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lgan, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq navbatdagi chaqiriq davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan shaxslar tomonidan o‘taladigan harbiy xizmat turidir.

Fuqarolarning pul badali to‘lashlari, shuningdek xizmat mobaynida oylik harbiy yig‘inlardan o‘tishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash shartlari hisoblanadi. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan pul badalining miqdori o‘zgartirilmaydi.

harbiy yig‘inlardan o‘tish davrida, ularni o‘tkazish joyiga borish va qaytishga ketadigan vaqtni qo‘shib hisoblaganda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish o‘rni (lavozimi) saqlab turiladi. Harbiy yig‘inlarga yuborilganlik haqidagi ma’lumotnoma olingan kundan boshlab harbiy yig‘inlardan qaytgunga qadar bo‘lgan davrda ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxonaning tugatilishi holatlaridan tashqari. Agar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy yig‘inlar vaqtida kasallanib qolgan bo‘lib, ular tugagandan keyin ham tuzalmayotgan bo‘lsa uning ish o‘rni (lavozimi) saqlab turiladi, harbin yig‘inlar tugagan kundan boshlab esa qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishga yaroqsizligi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar Moliya vazirligining ochiladigan "Safarbarlik chaqiruvirezervi mablag‘lari Maxsus hisob raqamida (keyingi o‘rinlarda Maxsus hisob raqami deb ataladi) jamlanadi hamda muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining pul ta’minotini oshirishga, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi ta’minotiga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar bilan harbiy yig‘inlar o‘tkazishga yo‘naltiriladi;

safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslarning harbiy yig‘inlari hududiy prinsip asosida Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida tashkil etiladi;

Maxsus hisob raqamiga belgilangan badalni to‘lagan va harbiy yig‘inlardan o‘tgan shaxslar muddatli xarbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilinadilar.

Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari, shuningdek favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda xaqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.

Harbiy yig‘inlar Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida (keyingi o‘rinlarda matnda "harbiy qismlar" deb yuritiladi) hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi;

 Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha belgilangan naryad bajarilgandan keyin jismoniy va aqliy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan chaqiriluvchilarni tanlash yo‘li bilan qolgan chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgandan keyin Mudofaa vazirligi tomonidan Maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yozma shartnoma tuziladi.

Shartnoma shartlari:

Maxsus hisob raqamiga badallar to‘lash muddatlari, miqdori va tartibini;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan shaxslarning butun xizmat davri mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni vijdonan bajarish majburiyatini;

Mudofaa vazirligining qonun hujjatlariga muvofiq fuqaroga safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashini, xizmat tamom bo‘lgandan keyin esa uni Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkazishni ta’minlash majburiyatini;

uchinchi shaxs (kafil) tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan tegishli moliyaviy majburiyatlar zarur tarzda bajarilishi kafolatini;

shartnomani to‘xtatish shartlarini nazarda tutadi.

Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning va uning kafilining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid ma’lumotlar;

Mudofaa vazirligi nomidan shartnomani imzolagan mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining harbiy unvoni, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, shartnoma imzolangan sana.

Shartnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni navbatdagi chaqirish muddati davomida mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va muhrlangan bo‘lishi kerak.

Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs yoki uning kafili (yuridik va jismoniy shaxs) tomonidan Davlat-tijorat Xalq bankining filial tarmog‘i orqali to‘lanadi.

Byudjet mablag‘lari hisobiga pul badali to‘lash qatiyan taqiqlanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari to‘lash xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra to‘lov shartnomada belgilangan muddat mobaynida to‘liq hajmda biryo‘la yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

Pul badali to‘langanligi to‘g‘risida Xalq banki filialining belgisi qo‘yilgan kvitansiya nusxasini (agar badal naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan to‘lansa elektron to‘lov ko‘chirmasi) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs uni shaxsiy hisobga qo‘yish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etadi. Kvitansiya mudofaa ishlari bo‘limida imzolangan shartnomada ilova sifatida saqlanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash davrida fuqarolar yigirma yetti yoshgacha mudofaa ishlari bo‘limlarida alohida harbiy hisobda turadilar.

Pul badalini to‘liq miqdorda to‘lagan shaxslarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatda bo‘lganliklari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan harbiy guvohnomalar beriladi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxs keyinchalik tinch davrda harbiy xizmatga yaroqsiz yoki urush davrida cheklangan darajada yaroqli deb topilgan taqdirda, u zaxiraga o‘tkazilishi kerak, u tomonidan pul badallari to‘lash esa to‘xtatiladi.

Pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining to‘lagan pul badallari belgilangan tartibda quyidagi holatlarda qaytarib beriladi:

safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy xizmatga yaroqsiz deb e’tirof etilganda;

unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan I yoki II guruh nogironligi berilganda.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosho‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.

Ortiqcha to‘langan, shuningdek Maxsus hisob raqamiga yanglish o‘tkazilgan pul badallari mazkur Nizomning 9² va 9³ -bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.

Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.

TMEK tomonidan I yoki II guruh nogironi (layoqatsiz) deb topilgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi yoki belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma asosida uning nomidan ish ko‘rayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining layoqatsiz deb topilgan ishonchli vakili yoki vafot etgan (halok bo‘lgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining yaqin qarindoshi (merosho‘ri, vasiysi yoki homiysi) TMEK xulosasining (o‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning) nusxasi, Maxsus hisob raqamiga badallar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tomonlarning imzolari qo‘yilgan shartnomaning, shuningdek yaqin qarindoshlik aloqalarini (merosho‘rlik huquqini, vasiylikni yoki homiylikni) tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza beradi.

Maxsus hisob raqamiga pul badallarini to‘lagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi to‘langan pul badallari to‘g‘risidagi kvitansiyalarning (to‘lov topshiriqnomasining) nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga ortiqcha to‘langan pul badallarini qaytarish xaqida (to‘langan va ortiqcha to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza beradi.

Mudofaa ishlari bo‘limi to‘langan pul badallarini qaytarish haqida berilgan arizani ko‘rib chiqadi va arizada ko‘rsatilgan pul summasini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslaydi (arizada ko‘rsatilgan pul summasi bilan hisob ma’lumotlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lgan hollarda mudofaa ishlari bo‘limi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsni xabardor qiladi).

Arizada ko‘rsatilgan pul summasini taqqoslab ko‘rgandan so‘ng mudofaa ishlari bo‘limi taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari bo‘limi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.

Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga tranzit hisob raqamiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida xat yuboradi.

Moliya vazirligi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch kun muddatda arizada ko‘rsatilgan pul summasini, to‘lov taqdimnomasining 'Tulov tafsilotlari" satrida Mudofaa vazirligidan yuborilgan xatning sanasi va raqamini, tuzilgan shartnomaning raqamini, pul mablag‘larini oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda Maxsus hisob raqamidagi pul mablag‘larini saqlash uchun Mudofaa vazirligining depozit hisob raqamiga qaytaradi.

Mudofaa vazirligi arizada ko‘rsatilgan pul mablag‘lari Moliya vazirligidan Maxsus hisob raqamiga kelib tushgandan so‘ng ularni mansubligiga ko‘ra harbiy okrugning tegishli moliya xizmatiga yuboradi.

Harbiy okrugning moliya xizmati, Mudofaa vazirligidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, ularni mansubligiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy okrugning moliya xizmatidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, ularni mansubligiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari bo‘limiga yuboradi.

Mudofaa ishlari bo‘limi, mudofaa ishlari boshqarmasidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng uch kun muddatda:

ariza bergan shaxsga pul mablag‘larini naqd pulda to‘laydi yoki (ariza beruvchining roziligi bilan) plastik kartochkaga o‘tkazib beradi - pul badallari naqd pulda to‘langan taqdirda;

pul mablag‘larini ariza bergan shaxsning hisob raqamiga o‘tkazadi - pul badallari Maxsus hisob raqamiga jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan o‘tkazilgan taqdirda.

Mudofaa ishlari bo‘limi, uch ish kuni mobaynida, kvitansiyaning (tulov topshiriqnomasining) raqami va sanasini ko‘rsatgan holda pul badallarining ariza bergan shaxsga to‘langanligi (o‘tkazilganligi) haqida belgilangan tartibda mudofaa ishlari boshqarmasiga xabar qiladi hamda hisob ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘larini yanglishib o‘tkazgan jismoniy (yuridik) shaxs, o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi kvitansiyani (to‘lov topshiriqnomasini) ilova qilgan holda, yanglishib o‘tkazgan pul mablag‘larini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatib) tegishli mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza beradi;.

Mudofaa ishlari bo‘limi yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish haqida berilgan arizani ko‘rib chiqadi va arizada ko‘rsatilgan pul summasini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslab ko‘radi (arizada ko‘rsatilgan pul summasi bilan hisob ma’lumotlarining o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lgan hollarda mudofaa ishlari bo‘limi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsga xabar qiladi).

Mudofaa ishlari bo‘limi, arizada ko‘rsatilgan pul summasini taqqoslab ko‘rgandan so‘ng, uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarni yuboradi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi, mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch ish kuni mobaynida yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi iltimosnomani O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuboradi.

Mudofaa vazirligi, mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga tranzit hisob raqamiga yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish haqida xat yuboradi.

Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kun mobaynida arizada ko‘rsatilgan pul summasini, to‘lov taqdimnomasining "To‘lov tafsilotlari" satrida Mudofaa vazirligidan yuborilgan xatning raqami va sanasini, pul mablag‘larini oluvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini (yoki yuridik shaxsning nomini) ko‘rsatgan holda pul mablag‘larini tranzit hisob raqamiga yanglishib o‘tkazilgan Xalq banki tegishli filialining alohida maxsus hisob raqamiga qaytaradi.

Xalq bankining tegishli filiali yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini Moliya vazirligidan alohida maxsus hisob raqamiga qabul qilib:

pul mablag‘lari naqd pul bilan to‘langanda - ularni ariza bergan shaxsga naqd pul mablag‘lari bilan to‘laydi yoki (ariza bergan shaxsning roziligi bilan) plastik kartochkasiga o‘tkazadi;

pul mablag‘i jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan o‘tkazilganda - pul mablag‘larini ariza bergan shaxsning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi."

Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tayotgan fuqarolar doimiy yashash uchun chet elga ketgan taqdirda, faqat maxsus hisob raqamiga pul badalining to‘liq summasi to‘langandan keyin harbiy hisobdan chiqariladilar.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga xizmatga olingan, xarbiy-hisobga olish bo‘yicha turdosh mutaxassislikka ega bo‘lgan, maxsus hisob raqamiga pul badalini to‘liq xajmda to‘lagan va oylik yig‘inlardan o‘tgan shaxslar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga ixtiyoriy tartibda qabul qilinishi, shuningdek Mudofaa vazirligining serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga yuborilishi mumkin.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan pul badali to‘liq hajmda to‘lanmagan yoki uning bir qismi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq, to‘lanmagan summa (muddatida to‘lanmagan qismi) fuqarodan sud tartibida undirib olinadi.

Shartnoma tuzishdan bosh tortilgan taqdirda maxsus hisob raqamiga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul badallari qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonunni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini bajarish yuzasidan chaqiriluvchilar bilan Mudofaa vazirligi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda, bunday kelishmovchiliklar qonunga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

Fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkazishni amalga oshirish.

Chaqiriluvchilarni o‘rganish va ularni SChR xizmatiga tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari vazirlik Bosh shtabi boshlig‘ining 2013 yil 30 avgustdagi 103- sonli "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralash ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi"gi buyrug‘i talablari asosida amalga oshiriladi.

Har yili harbiy okrug shtabi Tashkiliy-safarbarlik boshqarmasi tomonidan 10 sentyabrga qadar mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlari boshliqlari chaqiruv va SChR bo‘linmalari hamda chaqiruvga dahldor bo‘lgan mansabdor shaxslar bilan o‘rganish ishlarini tashkil etish, me’yoriy hujjatlarni yuritish, SChR xizmatiga olinadigan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borish, ularni oilaviy va moddiy sharoitlarini o‘rganish davlat hokimiyatining mahalliy organlari, fuqarolar yig‘inlari, sud, bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar, korxona va tashkilotlar bilan ishlash tartiblari bo‘yicha o‘quv-metodik yig‘inlar tashkil etiladi, yig‘in yakunida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha sinov o‘tkaziladi.

SChR xizmatiga olish uchun chaqiriluvchilarni o‘rganish ishlarini sifatli o‘tkazish maqsadida mudofaa ishlari bo‘limlarida o‘rganish ish rejalari ishlab chiqiladi.

O‘rganish ishlari jarayonida mudofaa ishlari bo‘limlarida mavjud kartotekalardagi barcha chaqiruv yoshidagi fuqarolarning 100 foiz o‘rganilishi fuqarolarni SChR xizmatiga olish rejasini sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

O‘rganish ishlarida joylardagi maxalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollarining bevosita ishtiroki ta’minlansin, fuqarolarni SChR xizmatiga olishda maxalla fuqarolari yig‘inlari raislarining ularning oilaviy-moddiy sharoitlari xaqidagi xulosalari inobatga olingan xolda amalga oshiriladi.

O‘rganish natijalari har bir chaqiriluvchi uchun alohida yuritilgan o‘rganish varaqalarida (8-shakl) aks ettiriladi, mazkur varaqalarda chaqiriluvchilarning oilaviy-moddiy sharoiti, ahloqiy-ruhiy xolati to‘g‘risidagi mahalla fuqarolari yig‘ini raisining xulosasi qayd etiladi.

SChR xizmatiga olish uchun tanlab olingan chaqiriluvchilarning shaxsiy yig‘majildlarini saqlash uchun alohida kartoteka joriy etiladi.

SChR xizmatiga olish uchun tanlab olingan chaqiriluvchilarning xisobini yuritish uchun alohida jurnal yuritiladi va mazkur jurnalda SChR xizmatiga tanlab olingan har bir chaqiriluvchi qayd etiladi.

O‘tgan chaqiruv davri uchun SChR xizmatiga belgilangan reja va unga qo‘shimcha ravishda 25 foiz rezerv miqdoridagi fuqarolar SChR xizmatiga oldindan tanlab olinadi va ushbu jarayon har yili 5 yanvarga qadar yakunlanishi lozim.

Ushbu SChR xizmatiga oldindan tanlab olingan fuqarolar bilan o‘rnatilgan tartibdagi shartnomalar fevral-mart oylarida tuziladi.

SChR xizmatiga oldindan tanlab olingan fuqarolarning tibbiy ko‘rigi chaqiriluvchilarni oldindan saralab olish davrida tashkil etiladigan tibbiy komissiyalarda o‘tkaziladi, tibbiy ko‘rik xulosalari alohida tibbiy varaqalarga qayd etiladi va chaqiriluvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlariga tikiladi. Fuqarolarni SChR xizmatiga tayinlash to‘g‘risidagigi xulosalar faqat mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari tomonidan ularning o‘rganish varaqalariga rasmiylashtiriladi.

Fuqarolarni SChR xizmatiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yakuniy qaror chaqiruv komissiyasining bayonnomalar kitobiga fevral-mart oylarida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Mudofaa ishlari bo‘limi boshliqlari chaqiriluvchilarni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ishlarning sifatli va xaqqoniy amalga oshirilganligiga shaxsan javobgardirlar.

Fuqarolarni o‘rganish vaqtida SChR xizmatiga oldindan tanlab olingan chaqiriluvchilar soni to‘g‘risidagigi ma’lumot va nomma-nom ro‘yxati mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmasiga har oyning 25 sanasiga, mudofaa ishlari boshqarmalari esa faqatgina tanlab olingan chaqiriluvchilar soni to‘g‘risidagigi ma’lumotni harbiy okrug shtabi Tashkiliy-safarbarlik boshqarmasiga xar oyning
27 sanasiga taqdim etadi. Harbiy okrug shtabi Tashkiliy-safarbarlik boshqarmasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasiga xar oyning 30 sanasiga o‘rnatilgan tartibda takdim etadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit