Armiya sporti

2017-01-10 11:55:24

Armiya sporti

2016 yilgi mavsumda Markaziyharbiy sport klubi vakillari mamlakat va xalqaro miqyosdagi turli darajadagi musobaqalarda 339 ta oltin, 236 ta kumush, 226 ta bronza, jami 801 ta medalniqo‘lga kiritishdi. Jumladan, MHSK sportchilari tomonidan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘libo‘tganXXXIyozgi Olimpiada o‘yinlaridan bitta kumush va ikkita bronzahamdaXVParalimpiada o‘yinlaridan bitta oltin va ikkita bronza medalga sazovor bo‘lishdi.

MAMLAKATIMIZ MIQYoSIDAGI G‘ALABALAR

2016 yilda yurtimiz miqyosidagi musobaqalarda harbiy sportchilarimiz ko‘plab g‘alabalarga erishdi. Armiya sportchilari asosan yurtimiz terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda qatnashgani bois, mamlakatimiz miqyosidagi turnirlarda MHSK sharafini himoya qilishdek mas’uliyat klubning umidli yoshlari, ya’ni sport faollari zimmasiga yuklandi. Respublika miqyosidagi qator musobaqalarda MHSK vakillari 293 ta oltin, 192 ta kumush va 189 ta bronza, jami 674 ta medalga egalik qilishdi. Har

doimgidek umumiy natijalarning yillik yakuniy sarhisobida g‘alabalar sonining ko‘pligi bo‘yicha yengil atletikachilarimiz birinchilikni qo‘ldan boy berishmadi. Ular 99 ta oltin, 60 ta kumush hamda 32 ta bronza medalni o‘z hisobiga yozib qo‘yishdi. Ushbu ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasida har yilgidek armrestling ustalari joy olishgan. Ular hisobida 150 ta (64 ta oltin, 35 ta kumush, 51ta bronza), baydarka va kanoeda eshkak eshishda umumiy medallar soni 58 ta (18 ta oltin, 17 ta kumush, 23 ta bronza)ga teng bo‘ldi. Kamondan o‘q otuvchilar ortda qolayotgan yilda jami 53 ta (19 ta oltin, 17 ta kumush, 6 ta bronza). Mamlakatimiz terma jamoasi negizini tashkil etuvchi MHSK merganlari esa jami 28 ta (13 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi.

XALQARO MAYDONDAGI YuTUQLAR

O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari tarkibida Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlari, jahon chempionatlari, 

Osiyo birinchiliklari, dunyo va qit’a kubogi uchun bahslar, Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro musobaqalar hamda an’anaviy xotira turnirlarida ishtirok etishgan MHSK vakillari bu musobaqalarning 46 ta oltin, 44 ta kumush, 37 ta bronza, jami 127 ta medaliga ega bo‘lishdi. Xalqaro maydondagi musobaqalarda ham umumiy medallar soni bo‘yicha yengil atletikachilarimiz ilg‘or. Ular jami 25 ta (5 ta oltin, 14 ta kumush va 6 ta bronza) medalni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. Ulardan keyingi pog‘onadan qo‘l jangi ustalari jami 21 ta (10 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza) medal bilan joy egallashgan. Dzyudochilarimiz MHSKning 2016 yilgi sarhisobi bo‘yicha jami 18 ta (4 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza) medal bilan uchinchi o‘ringa egalik qilishdi.

Oliy toifadagi sport maktabi bo‘lmish Markaziy harbiy sport klubida o‘n to‘qqizta sport turi ommalashtirilgan. Boks, basketbol, kurash (erkin va yunon-rum), harbiy-amaliy sport turlari va harbiy-amaliy yakkakurashlar (armrestling, qo‘l va universal jang, avtosport), suv polosi, baydarka va kanoeda eshkak eshish, dzyudo, milliy kurash, yengil va og‘ir atletika, taekvondo, tennis, miltiqdan va kamondan o‘q otish, trampolin, sambo hamda regbi shular jumlasidan.

MHSKning mamlakatimiz terma jamoalariga yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda ham alohida o‘rni bor. Markaziy harbiy sport klubi sportchilari tarkibidan 10 nafari 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 43 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi, 167 nafari sport ustasi, 230 nafari sport ustaligiga nomzod. 263 nafar sportchi turli sport turlaridan yurtimiz terma jamoalarini butlab kelmoqda. O‘quv-mashq jarayoniga 26 nafar malakali murabbiy, uch nafari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy jalb etilgan.

TO‘RT YILLIKNING MUHIM MUSOBAQALARIDA

Joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada o‘yinlarida ham MHSK vakillari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, Bektemir Meliqo‘ziyev (boks) 75 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, yana 

bir umidli yosh bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev 66 kg vaznlilar o‘rtasidagi bahslarda bronza medal bilan yurtimizga qaytib keldi. Yurtimiz dovrug‘ini jahon sport arenalarida sharaflab kelayotgan dzyudochi mayor Rishod Sobirov (66 kg) mazkur Olimpiada o‘yinlarida uchinchi o‘rinni egallab, ishtirok etgan jami Olimpiadalarning uchinchi bronzasiga erishdi.

2016 yilgi XV Paralimpiya o‘yinlari MHSK sportchilari uchun ancha omadli keldi. Ushbu musobaqalarga yo‘llanma olgan uch nafar dzyudochimizning hammasi yurtimizga medallar bilan qaytishdi. Ushbu bahslarning 100 kg.dan og‘ir vazn toifasida kapitan Adiljon Tulendibayev tengsiz bo‘ldi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Shuhrat Boboyev (90 kg) hamda Feruz Sayidov (73 kg) terma jamoamiz hisobiga ikkita bronza medalni yozib qo‘yishdi.

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan MHSK sportchilaridan 2017 yilda ham ulkan muvaffaqiyat va zafarlar kutib qolamiz.

DZYuDO

Mayor Sobirov Rishod Abu- Dabi 2014 yilMayor Sobirov Rishod Toshkent 2014 yil
Gran Pri
Koreya 2014 yil
Kapitan Tulendыbayev Adыljan

Toshkent 2014 yil Gran Pri
k-k serjant Sayidov Ramziddin (ungdan birinchi)
Turkiya 2015 god mayor Sobirov Rishod (chapdan ikkinchi)
  
Koreya 2014 yil
Kapitan Tulendыbayev Adыljan (chapdan ikkinchi)
Toshkent 2015 yil Gran Pri
Mayor Sobirov Rishod (ungdan birinchi)
  

TAEKVONDO

  
 
Osiyo uyinlari 2014 yil KK xizmatchisi Baykuziyev JasurJaxon chempianati 2015 yil KK xizmatchisi Baykuziyev Jasur (chapdan birinchi)
  
  
 
Jaxon chempianati 2015 yil
KK xizmatchisi Rafalovich Nikita (ungdan birinchi)
Jaxon chempianati 2015 yil
KK xizmatchisilari Baykuziyev Jasur (chapda), Shokin Dmitriy (urtada),Rafalovich Nikita (ungda).
  
 
Jaxon chempianati 2015 yil KK xizmatchisi Shokin Dmitriy (chapdan ikkinchi)Jaxon chempianati 2015 yil KK xizmatchisi Shokin Dmitriy

BOKS

Jaxon chempianati Katar 2015 yil KK xizmatchisi Melikuziyev Bektemir Jaxon chempianati Katar 2015 yil
KK xizmatchisi Axmadaliyev Murodjon
  
Rasulov Elshod Jaxon chempianati Katar 2015 yilJaxon chempianati ARV
2015 yil KK xizmatchisi Tojiboyev Xurshid

KANOE VA BAYDARKADA EShKAK EShISh

  
 
Osiyo chempianati 2015 yil
sh/a oddiy askar Menkov Vadim (ungda), Mirbekov Serik (chapda).
Osiyo chempianati 2015 yil
KK xizmatchisi Mirbekov Serik,sh/a oddiy askar Menkov Vadim (urtada)
  
  
 
Osiyo chempianati 2015 yil
sh/a oddiy askar Gorn Vyacheslav, KK xizmatchisi Tropin Aleksandr (chapda)
Osiyo chempianati 2015 yil
sh/a oddiy askar Gorn Vyacheslav (ungda)
  
 
Jaxon kubogi 2014 yilsh/a oddiy askar Kochnev Gerasim (chapda)Jaxon kubogi 2014 yil KK xizmatchisi Zarkova Yekaterina trener MXSK (ungdan ikkinchi)

YeNGIL ATLETIKA

Osiyo chempianati 2015 yil , KK xizmatchisi MXSK Voronina YekaterinaOsiyo chempianati 2015 yil , KK xizmatchisi MXSK Voronina Yekaterina
  
Osiyo uyinlari 2014 yil k-k. serjant MXSK Andreyev LeonidOsiyo uyinlari 2014 yilKK xizmatchisi MXSK Voronina Yekaterina
  
Osiyo uyinlari 2014 yil k-k. serjant MXSK Dusanova NadiyaOsiyo uyinlari 2014 yil
KK xizmatchisi MXSK Voronina Yekaterina, k-k. serjant MXSK Tarasova Yuliya (ungda)
 
   

Mayor TULAGANOV Karim Alimdjanovich
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 1995 yil markaziy Osiyo o‘yinlari chempioni, 1995 yil Osiyo chempionati g‘olibi, 1996 yil 26-Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori.
 
Mayor Osmanov Enver Zinnayevich
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, o‘q otish sporti bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 1994 yil 12-Osiyo o‘yinlari chempioni, 1998 yil harbiy xizmatchilar orasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori, bir qator xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalar g‘olibi va sovrindori.
 
 

Mayor NOROV Baxtiyor Naimjanovich
kigboksing bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2006 yil kigboksing bo‘yicha regional jahon chempionatining ikki karra g‘olibi, 2007 kigboksing bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi, 2008 yil universal jang bo‘yicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, 2009 yil Pinchakslad bo‘yicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori.
 
Katta serjant KUChMURADOV Anvar Xatamovich
yengil atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 1989 yil Yevropa chempionati bronza medali sovrindori, 1991 yil SSSR kubogi kumush medali sovrindori va SSSR chempioni, 1992 yil Birlashgan davlatlar hamjamiyati chempionati bronza medali sovrindori, 1995 yil Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 100 m ga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston rekordchisi, 50 m ga yugurishda Osiyo rekordchisi, 1996 va 2000 yillardagi Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi.
 
 

Katta serjant XALILOV Igor Vyacheslavovich
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 1991 yil Yuniorlar orasidagi Yevropa chempioni, 1994, 1998, 2002 yillardagi Osiyo o‘yinlari uch karra sovrindori, 1997, 2000 yillarda Osiyo chempioni, 1996, 2000, 2004 yillardagi olimpiya o‘yinlari qatnashchisi.
 

Kichik serjant ANDREYeV Leonid Vladimirovich yengil atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2002 yil Yuniorlar orasida jahon chempioni, 2006 yil 15-osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori, 2009 yil yopiq joylarda o‘tkaziladigan 3-osiyo o‘yinlari chempioni, Grand-pri bosqichlari g‘olibi va sovrindori, bir necha karra O‘zbekiston chempioni, 2004, 2008 yillardagi Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi

.
 
 

Kichik serjant DUSANOVA Nadiya Yusupovna
yengil atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2006 yil Yuniorlar orasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2007 yil Texrondagi 1-musulmon o‘yinlari g‘olibi, 2008 yil Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni
 
Kichik serjant JURAVLYoVA Anastasiya Sergeyevna
yengil atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2003 yil Osiyo chempioni, 2003 yil 5-markaziy Osiyo o‘yinlari chempioni, 2006 yil 15-Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori, 2007 yil 4-butun jahon harbiy o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2004-2008 yillar Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi.
 
 

Mayor SOBIROV Rishod Rashidovich O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, Dzyudo bo‘yicha xalqaro sport ustasi, 2005 yil yoshlar orasidagi Osiyo birinchiligi g‘olibi, 2007 yil harbiy xizmatchilar orasidagi 4-umumarmiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2008 yil 29-Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2009 yil Grand-pri bosqichlari sovrindori. 3 karra yozgi olimpiada uyinlari ubronza medali soxibi 2008, 2012 va 2016 yillar

 
Podpolkovnik SIDDIKOV Uyg‘un Paxtillayevich
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, boks bo‘yicha xalqaro sport ustasi, 1997 yil harbiy xizmatchilar orasidagi Jahon chempionati kumush medali sovrindori, bir necha karra xalqaro turnirlari g‘olibi va sovrindori.
 
 

Kichik serjant SAYIDOV Ramziddin Beshimovich
xalqaro toifadagi sport ustasi, 2004 yil Osiyo chempioni, 2005 yil kurash bo‘yicha jahon chempioni, 2005 yil harbiy xizmatchilar orasidagi jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2006 yil harbiy xizmatchilar orasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori, 2006 yil 15-Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2007 yil harbiy xizmatchilar orasidagi 4-butun jahon o‘yinlari kumush medali sovrindori, 2008 yil xalqaro turnirlar kumush va bronza medali sovrindori.
 
Kichik serjant PEREPELOVA Lyubov Gennadevna
yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, 1998 yil Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori, 2002 yil Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2000 va 2002 yillardagi Osiyo chempionatlari sovrindori, 2002 yil Osiyo chempioni, 2000 va 2004 yillardagi Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, 2000 yil 100 m ga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston rekordchisi hisoblanadi.
 
 
shartnoma asosidagi oddiy askar UMARALIYeVA Olga Vladimirovna
Osiyo chempianati bronza medali 2009 yil, 2012 yil respublika turnirlari golibi , Uzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2016 yil olimpiada uyinlari ishtirokchisi
 
Kichik serjant DMITRIADI Lyudmila Leonidovna
yengil atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2002 yil Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2003 yil 5-markaziy Osiyo o‘yinlari chempioni, bir necha karra xalqaro turnirlari g‘olibi va sovrindori
 
 
Ryadovoy po kontraktu GORN Vyacheslav Aleksandrovich
Pobeditel Chempionata Azii 2005 goda, pobeditel i prizer Aziatskix Igr 2010 goda, pobeditel Chempionata Azii 2011 g. dvukratnыy pobeditel MT «Samarkandskiye zvezdы» 2012 g, pobeditel i prizer respublikanskix sorevnovaniy, chlen osnovnogo sostava sbornoy komandы Uzbekistana. kandidat na uchastiye v Aziatskix Igrax 2014 g.
Serebryanыy prizer Chempionata Azii kanoe dvoyka g.Djakarta (Indoneziya) 2015g
 Ryadovoy po kontraktu Kochnev Gerasim Igorevich
Pobeditel Chempionat Azii 2005 goda, pobeditel i prizer Aziatskix Igr 2010 goda, pobeditel Chempionat Azii 2011 g. dvukratnыy pobeditel MT «Samarkandskiye zvezdы» 2012 g, pobeditel i prizer respublikanskix sorevnovaniy, chlen osnovnogo sostava sbornoy komandы Uzbekistana. kandidat na uchastiye v Aziatskix Igrax 2014 g.Pobeditel KubkaMira
g.Duysberg (Germaniya) 2015g. Chempion Azii baydarka odinochka g.Djakarta (Indoneziya) 2015g
 
 
Kapitan Tulendыbayev Adыljon Rыshatovich
Chlen sbornoy komandы RU, bronzovыy prizer pervenstva mira sredi molodeji 2004 g., prizer pervenstv Azii 2003, 2004, prizer pervenstva mira po kurashu 2001 g., prizer pervenstv mira po sambo 2004 g., neodnokratnыy pobeditel Chempionatov Azii po sambo 2003, 2004, 2006 gg., pobeditel Kubka «Yujnogo Kazaxstana» 2008 g., bronzovыy prizer Chempionata Azii 2009 g.Chempion Mira 2014 goda. SShA (paraalimpiada),
Chempion Azii po sambo 2015 g. (paraalimpiada), pobeditel Kubka «Yujnogo Kazaxstana» 2015g.
 Kapitan RASULOV Elshod Yunusovich
xizmat ko‘rsatgan sportchi, 2002 yil Yuniorlar orasidagi jahon chempioni, 2004 yil harbiy xizmatchilar orasidagi kumush medali sovrindori, 2006 yil 15-osiyo o‘yinlari chempioni, 2006-2007 yillar harbiy xizmatchilar orasidagi jahon chempioni, 2008 yil Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, 2009 yil Jahon chempioni kumush medali sovrindori.


Kapitan ATOYeV Abbos Abdurazakovich
boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2007 yil O‘zbekiston chempioni, 2007 va 2009 yillar ikki karra jahon chempioni, 2007 yil Osiyo chempioni, 2008 yil Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi.



  
 
Kapitan XILKO Yekaterina Viktorovna
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, tramplin bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 1997, 2007 yillar Jahon kubogi bronza medali sovrindori, 2006 yil Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2000 va 2004 yillar Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, 2008 yil Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, 2009 yil Jahon kubogi bosqichlari g‘olibi, 2009 yil Jahon chempionati bronza medali sohibi.
 Ryadovoy po kontraktu Menkov Vadim Yurevich
2 x kratnыy pobeditel chempionata Mira, chempion Azii, Uchastnik Olimpiyskix Igr 2008, 2012 g.g, neodnokratnыy pobeditel i prizer respublikanskix i mejdunarodnыx sorevnovaniy, chlen natsionalnoy sbornoy komandы Uzbekistana. Perspektivnыy sportsmen, kandidat na uchastiye v Aziatskix Igrax 2014 g. Chempion XVIIAziatskix Igr g.Incheon
(Yujnaya Koreya) 2015 god. Zavoyeval litsenziyu na uchastiye v Olimpiyskix igrax 2016 g
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit