Qurolli Kuchlar. Tarix va islohotlar jarayoni

2017-01-09 14:19:36

VATAN MUSTAQILLIGI – OLIY NE’MAT

1991- yilning 31- avgustidan O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat taqdirini hal etgan eng muhim ushbu kunda Oliy Kengashning navbatdan tashqari 12- chaqiriq 6- sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, shuningdek, tegishli Bayonot bilan chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunn tasdiqladi. Bu bilan mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va xalqaro jihatdan o‘z huquqlarini qonunan mustahkamlab, xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylandi.

Milliy mustaqillik asoslarini himoya qilish masalalariga mustaqillikning ustuvormasalalaridan biri sifatida qaraldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘n ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotida “Davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi hamda ichki qo‘shinlar O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olinadi” deb ko‘rsatilgan edi. Bu “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda, huquqiy jihatdan va uning 6-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega” deb mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berar edi.

Bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi o‘z Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo‘ldi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA OID HUQUQIY ASOSLARNINGYARATILISHI

“O‘zbekiston Respubikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi QonungaasosanO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991- yil6- sentabrdagi FarmonibilanMudofaa ishlari vazirligi tashkil qilinib, uning shtati va vakolatlari belgilandi. O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 1991- yil 10- sentabrdagi Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 25- oktabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomi tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, Fuqarolar mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashkil qilindi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyibo‘linmalarituzildi.

O‘zbekiston RespublikasiPrezidentning 1992- yil 14- yanvardagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasihuquqiyasosdao‘z Qurolli Kuchlarini tashkil etganligie’lon qilindi. Navbatdagi vazifa – milliyQurolli Kuchlarimizning faoliyatiniyo‘lgasoladiganhuquqiy asoslarni yaratish, amalda qo‘llash, tarixiymaqsadvavazifalarga hamohang ravishda tashkillashtirish edi.

QUROLLI KUCHLARNING TASHKIL ETILISHI

1991- yil 31- avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilli-gining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun va 1991- yil 30- dekabrda Minsk shaxridatashkiltopgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligigaa’zo davlatlar rahbarlaritomonidan imzolangan“Qurolli Kuchlar va chegara qo‘shinlari xususidagi bitim”ga muvofiq, shuningdek, sobiq ittifoqidoralaritomonidanumumiy qo‘shinlarning pul ta’minoti to‘xtatilganliginiinobatgaolib,1992- yil 14- yanvarkuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida joylashgan birlashma, qo‘shilma, harbiy qismvamuassasalar, harbiybilimyurtlari, korxonavatashkilotlarihamdasobiqSSSRning boshqa harbiy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasitasarrufigao‘tkazilganligito‘g‘risida qaror qabul qildi.

1992- yildan e’tiboran respublikamiz hududidagibarcha harbiy ta’lim muassasalarining shtat tuzilmasi takomillashtirila boshlandi. Jumladan, Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislikbilim yurti, Samarqand oliyavtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti – ko‘p tarmoqli o‘quv muassasalariga aylandi. 

MILLIY GVARDIYA

Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992- yil 23- yanvardagi qarori bilan asos solindi. Usobiq Ittifoqning ichki ishlar vazirligigaqarashli, O‘zbekiston hududida joylashganharbiyqismnegizida tuzilganbo‘lib, milliy Qurolli Kuchlarimizning tarkibiy qismigaaylandi.

Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi — O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni harbiy xizmatga majburiy va ko‘ngilliravishdachaqirishorqalitashkiletildi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o‘ziga xos vazifalar, jumladan, davlat hokimiyatining oliy organlarini qo‘riqlash, jamoat tartibini ta’minlashda ishtiroketish, chet davlatlarning rasmiy vakillarini tantanalikutib olish, davlat miqyosidagimarosimlarda ishtirok etish yuklangan. Shu maqsadda gvar-diya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgi.

CHEGARA QO‘SHINLARI

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakat rahbariyati, shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Chegara qo‘shinlari shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tmoq joizdir.

Chegara qo‘shinlarining shakllanish solnomasi 1992- yildan boshlangan. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida mustaqil davlatlar tashkil topishi, millatlararo, etnik va diniy xarakterdagi ziddiy atlarning keskinlashuvi chegara qo‘shinlarini tashkil etish jarayonini yanada jadallashtirib yubordi.Yosh suveren davlatimizning chegarasini ishonchli qo‘riqlash, milliy xavfsizlikni ta’minlash vazifasi olgari surildi.

1992- yil24- martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi. 

HAVO DESANT QO‘SHINLARI 

Ixcham va harakatchan kuchlar o‘rni azaldan dolzarb bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Havo-desant qo‘shinlari –milliy armiyamizning desantchilar jangovar mashinalari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, tanklar, zirhli transportyorlar, tankka qarshi samarali qurollar va zenit vositalari, stvolli va reaktiv artilleriya, qudratli avtomatik qurollar, aloqa va boshqaruvning zamonaviy apparatlari bilan qurollangan, puxta tayyorlangan jangovar qismidir. Ushbu qo‘shinlarning asosiy vazifasi havo transporti aviatsiyasi yordamida mustaqil jangovar harakatlar olib borishsanaladi.

HARBIY-HAVO KUCHLARI

Harbiy-havo kuchlari Qurolli Kuchlarning eng yuqori manyovrchan turi sanaladi. Ular quruqlikdagi qo‘shinlarni aviatsion jihatdan qo‘llab-quvvatlash, havo desantchilarini tashlash (tushurish), moddiy vositalarni tashish, havo razvedkasini olib borish, yirik operatsiyalarning borishi va xotimasiga jangovar ta’sir ko‘rsatish, respublika havo sarhadlarini ishonchli qo‘riqlash kabi imkoniyatga ega.

Harbiy-havo kuchlari zimmasiga dushmanning havo nishonlari va quruqlikdagi qo‘shinlarini yakson qilish, davlat va harbiy boshqaruv tizimi, front va harbiy-iqtisodiy ob’ektlari hamda transport kommunikatsiyalariga zarba berish vazifasi yuklangan.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari bombardimonchi, qiruvchi-bombardimonchi, qiruvchi aviatsiya, hujumkor, razvedka va transport aviatsiyasi, shuningdek, ko‘p maqsadli vertolyot aviatsiyasidan iborat.

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari respublikaning ma’muriy-siyosiy, iqtisodiy-sanoat markazlari, qo‘shinlar turkumlarini, shuningdek muhim harbiy va boshqa ob’yektlarni dushmanning havo zarbasidan himoya etishga mo‘ljallangan. Ularning asosiy vazifasi dushman tomonidan havo hujumi boshlanganligini aniqlash, bu haqda habar berish hamda dushmanning havodagi uchish apparatlarini yo‘q qilishdan iborat. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarida tinchlik davrida jangovar navbatchilik joriy etilgan. Urush davrida esa quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa vositalari va Harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda havo hujumidan mudofaaning birlashgan tizimini tashkil etadi. 

MAXSUS QO‘SHINLAR

Jangmuvaffaqiyati ko‘p jihatdan aloqa qo‘shinlariga bog‘liqdir. Ular zimmasigaqo‘shinlar va qurollarni boshqarish tizimidagi axborotalmashinuvinita’minlashvazifasiyuklangan. Aloqa qo‘shinlari jang borishigasimli aloqa, radioaloqa, maxfiylashtirilgan aloqa vositalaribilanta’siro‘tkazadi. Maxsus qo‘shinlarimizning yana bir turi muhandislik-qurilish qo‘shinlaridir. Ushbuqo‘shinlarQurolli Kuchlarimizning infratuzilmasinitaraqqiyetish, davlatning strategik iqtisodiy dasturini amalgaoshirishgahissa qo‘shib kelmoqda. Urush sharoitida mazkur qo‘shinlarga mudofaa istihkomlarivainshootlariniqurilishhamda kommunikatsiya tarmoqlariniyaratish, shuningdekqutqaruv-avariya ishlarini bajarish yuklangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit